Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Shakarov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-539-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Choshtepa mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Tomoyrot mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan Birlashuv mahallasi hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda tuman Kengash bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Tomoyrot mahallasida joylashgan 7-son oilaviy poliklinikada aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda Kengash bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tumanning Gulzor mahallasida olib borilayotgan xatlov ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Xosa mahallasida obodonlashtirish holatini o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tashabbusi bilan Birlashuv mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishida deputatlar, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari. hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida:
1. Mirobod tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida
2.  Mirobod tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.
3. Mirobod tumanida “Dolzarb 90-kun” tadbirlari doirasida, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini yozgi ta’til davrida mahallalarda va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

🗣️ Sessiyada Mirobod tumani moliya va iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Oripov, Mirobod tumani tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi direktori K.Rustamov hamda Mirobod tumani Maktabgacha va maktab bo‘limi rahbari M.Maraimovaning hisobot va takliflari tinglandi.

📌 Muhokamalar deputatlar tomonidan tahliliy yondashuv asosida, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Ko‘rib chiqilgan masallalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib, ijroga yo‘naltirildi.

Slide 1 of 8