⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga "O'zXDP" partiyasidan 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat Alimjon Adilbekov tomonidan Kengashning ish rejasiga asosan tumandagi Eshonobod hududida joylashgan dehqon bozorida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik narx bo‘yicha barqarorligi, bozordagi talab va taklif muvozanati, mahsulotlarning sifati hamda yetkazib berilish jarayonlari tahlil qilindi.
✨Mutasaddilar tomonidan aholiga zarur mahsulotlar uzluksiz va barqaror narxlarda yetkazib berilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tavsiyalar berildi.