Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Payariq tumani rahbari O‘. Egamberdiyev ishtirokida O'ymovut mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida Kengash qarori tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-27-61-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Payariq tumani rahbari O‘. Egamberdiyev ishtirokida Qirqovul mahallasida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish bo‘yicha ish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘. Egamberdiyev tomonidan Qirqovul mahallasidagi “Qirqovul” oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputat A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Qirqovul mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mang‘itobod mahallasida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisobotlari kiritilgani munosabati bilan Mang‘itobod MFYida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, murojaat va takliflari qabul qilindi. Bildirilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilab olindi.

Bunday o‘rganishlar sessiyada ko‘rib chiqiladigan hisobot yuzasidan xulosa shakllantirish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3