Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-iyundagi VII-28-73-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Shuningdek, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ijro intizomi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-iyundagi VII-28-75-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarning savollariga tegishli tushuntirishlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Statistika bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev tumandagi fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan g‘alla o‘rim-yig‘im jarayonlarini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputat X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-iyundagi VII-28-74-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.

Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Raxima Mamatmirzayeva tomonidan Farovon mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab hududida zamonaviy chimli futbol stadioni hamda sport zalini yangidan barpo etish uchun ajratilishi rejalashtirilayotgan yer maydoni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, loyiha tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda qurilish obyektlarini joylashtirish, hududning mavjud holati hamda qurilish uchun zarur shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Mazkur tashabbus yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yoshlar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, ularning jismoniy faolligini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1