#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan fuqarolar holidan xabar olindi.
Uchrashuv davomida bemorlarga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda dori-darmon ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
Shuningdek, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, sog‘liqni saqlash muassasasida xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|