Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kazakova Muxabbat Kaxarovnaning deputatlik so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z. Turdiyev tomonidan Yangiobod mahallasidagi Yakkasaroy MMTP hududida joylashgan fermer xo‘jaliklariga faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Mustaqillik mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Mustaqillik mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda tuman Kengashi deputati M. Musurmonov tomonidan Birlashuv mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining sarflanish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov bilan Guliston mahallasida hokim yordamchisining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Birlashuv mahallasida obodonlashtirish ishlari, xususan, ko‘cha chetlarida to‘planib qolgan tuproq uyumlarini olib tashlash va hududning sanitariya holatini yaxshilash masalalari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–562) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov bilan birgalikda Birlashuv mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi Xushnudbek Sultonov tomonidan davlat dasturlari ijrosi doirasida Majburiy ijro byurosi Tuproqqal’a tuman bo‘limi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilish ishlari o‘rganildi.

Qiymati 3,3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur obyektni 2026-yil 1-avgustga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ayni kunda qurilish ishlarining 90 foizdan ortig‘i bajarilgan bo‘lib, obyektda 24 nafar ishchi va 3 ta texnika jalb etilgan.

O‘rganish davomida bajarilgan ishlar holati tahlil qilinib, qurilish jarayonlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda obyekt sifatini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati ostida hududdagi muhim loyihalar ijrosi doimiy kuzatib boriladi.

Slide 1 of 2