Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z. Turdiyev tomonidan Yangiobod mahallasidagi Yakkasaroy MMTP hududida joylashgan fermer xo‘jaliklariga faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Mustaqillik mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Mustaqillik mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda tuman Kengashi deputati M. Musurmonov tomonidan Birlashuv mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining sarflanish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov bilan Guliston mahallasida hokim yordamchisining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Birlashuv mahallasida obodonlashtirish ishlari, xususan, ko‘cha chetlarida to‘planib qolgan tuproq uyumlarini olib tashlash va hududning sanitariya holatini yaxshilash masalalari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–562) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov bilan birgalikda Birlashuv mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb topilgan va Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlangan loyiha ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb topilgan va Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlangan loyiha ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat tomonidan aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatilari Qo‘qon shahar Kengashidagi deputati X.Nazarova tomonidan “Baqachorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb masalalardan biri Shabboda ko‘chasini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar mazkur ko‘chaning holati transport qatnovi va piyodalar harakatiga noqulayliklar tug‘dirayotganini bildirib, uni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radilar.

Shuningdek, Shabboda ko‘chasi kanalizatsiya tarmog‘ini barpo etish masalasi ham muhim muammo sifatida qayd etildi. Fuqarolar ushbu infratuzilma obyektining mavjud emasligi turli noqulayliklarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlab, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligini bildirdilar.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining katta qismi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani ham qayd etildi. Fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarining mavjud emasligi yoki rasmiylashtirish jarayonidagi qiyinchiliklar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan barcha murojaatlar batafsil o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3