#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mahallada 110 nafar xotin-qiz rasmiy mehnat faoliyati bilan band bo‘lib, 10 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, 27 nafar ishsiz xotin-qizni bandlikka jalb etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 6 nafar xotin-qiz esa uzoq muddatga xorijga ketgani qayd etildi.
Deputat tomonidan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|