Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rganish davomida davolash bo‘limlari, kutish zallari va palatalardagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan "Ko‘paki" mahallasida ijtimoiy xodim hamda bank xodimi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A. Iskanov tomonidan Payariq tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida sessiya kun tartibiga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasidagi tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Topolos mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarkurg‘on mahallasidagi 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining o‘rinbosari ishtirokida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Nodir Yunusov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov Sergeli tumanidagi “Jo‘nariq” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

📝 Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, mahalla raisi, mahalla “yettiligi” vakillari, nuroniylar hamda faol fuqarolar ishtirok etdilar.

📁 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilgani, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani, hududdagi dolzarb muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, 17-“Bunyodobod” saylov okrugi hududidagi muammolarni hal etish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va hududlarni rivojlantirishga oid qator taklif va tashabbuslarni ilgari surgani haqida ma’lumot berdi.

🔎 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida yoshlar bandligi, tibbiy xizmatlar sifati, kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar va yoritish tizimi, elektr ta’minoti, jinoyatchilikning oldini olish, ekologik holat, ijtimoiy himoya hamda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

💡 Saylovchilar tomonidan mahallani qiynab kelayotgan qator muammolar ko‘tarildi. Xususan, Jo‘nariq kanali atrofida yashovchi ayrim xonadonlarda markaziy kanalizatsiya tizimi mavjud emasligi sababli oqova suvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanalga oqizilayotgani, bu esa sanitariya va ekologik holatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Shuningdek, mahalla hududidagi ayrim ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tarmoqlarida nosozliklar kuzatilayotgani, oqova suvlarning toshib chiqishi holatlari mavjudligi hamda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘layotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

📨 Mazkur masalalarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borilishi, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda muammolar deputatlik va jamoatchilik nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

💬 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, ularning ijrosini ta’minlash, hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda saylovchilar bilan ochiq muloqotni davom ettirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6