Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 29-iyun va 03-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Qirqovul mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan Payariq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova bilan birgalikda Boshqo‘rg‘on mahallasidagi oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Shuningdek, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ijro intizomi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganildi.
Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini yuritish tartibiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

#seminar

“Ayollar daftari”ning 7-bosqichini yuritish tartibi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini yuritish tartibiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Toshkent viloyatiga “Ayollar daftari” masalalari bo‘yicha biriktirilgan shtab rahbari To‘xta Bozorov, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Normirzayeva, Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov hamda tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi Nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, “Ayollar daftari” bo‘yicha toifalar soni 6 tadan 5 taga qisqartirilgani, ko‘rsatiladigan xizmatlar soni esa 23 tadan 46 taga oshirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, har bir toifa doirasida nazarda tutilgan xizmatlar, ularni taqdim etish tartibi hamda amaliyotga joriy etish mexanizmlari atroflicha tushuntirildi.

Seminar ishtirokchilarining faol muloqoti, savol-javoblar va taklif-mulohazalari bilan qizg‘in hamda samarali ruhda o‘tdi.

Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 4