Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rganish davomida davolash bo‘limlari, kutish zallari va palatalardagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A. Iskanov tomonidan Payariq tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan "Ko‘paki" mahallasida ijtimoiy xodim hamda bank xodimi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida sessiya kun tartibiga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasidagi tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Topolos mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarkurg‘on mahallasidagi 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining o‘rinbosari ishtirokida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Inklyuziv ta’lim va bandlik masalalari muhokama qilindi

Хalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilish kun tartibidan joy olgan muhim masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitildi va deputatlar tomonidan atroflicha tahlil qilindi. Yig‘ilishda shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev komissiya ishida kuzatuvchi deputat sifatoda ishtirok etdi.

📌 Kun tartibidagi asosiy masalalar:
• 🧒 Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash:
• 🏫 Shahardagi 32-sonli va 96-sonli maktab-internatlari negizida Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktabi hamda Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
• 📊 Ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish yuzasidan shahar Ijtimoiy himoya milliy agentligi bo‘limi boshlig‘ining axboroti tinglandi.
• 💼 Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari:
• 📈 Shahar hokimining birinchi o‘rinbosarining Urganch shahrida bandlik sohasini rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

✔️ Nazorat va natija: 📝 Yig‘ilish yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi hamda ijro muddatlari belgilab olindi.

Slide 1 of 1