Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 29-iyun va 03-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Qirqovul mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan Payariq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev tumandagi fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan g‘alla o‘rim-yig‘im jarayonlarini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-iyundagi VII-28-75-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
янв.21
Shuningdek, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ijro intizomi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganildi.
Sessiya

2026-yil 4-iyunda Chinoz tumani Xalq deputatlari Kengashining 30-ssesiya bo'lib o'tdi. Sessiyada tuman hokimi, deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Kengash kotibiyati vakillari hamda boshqa tashkilotlardan 600+kishi ishtirok etdi. Sessiyada deputatlar axborotlarga e'tibor qaratib, savol va takliflar bildirdilar. Sessiyaning qarorlarining toliq matni Kengash.gov.uz saytida e’lon qilinadi.
Cocoon AI Summary
Joriy yilning 4-iyun kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya ishida tuman hokimi Sherzod Salixov, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.
Sessiya kotibligiga 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova saylandi.
Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Miryakubov, tuman Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i L.O'tkirov hamda tegishli mas’ullarning axborot va hisobotlari eshitildi.
Mazkur masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raislarining xulosalari o‘qib eshittirildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Muqim Erxo‘jayev, Farxod Ibragimov, Surayyo Axmedova, Asqar Baxramov, Davron Teshaboyev, Olimjon Dadajonov, Hikmatilla Hafizovlar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Sessiya yakunida sessiya kotibining axboroti eshitildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi

Dilnoza Ulug'bekova,
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi

Slide 1 of 5