Murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sh.Norsayev hamda bosh mutaxassis T.Murodov M.Eshtemirov mahallasida kelib tushgan murojaat yuzasidan hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish jarayonida Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi hamda Termiz tumani Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etdi. Murojaatda aholiga suv yetib bormayotgani qayd etilgan bo‘lib, holat joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
Aniqlanishicha, suvning erkin harakatlanishiga kanallarning to‘lib qolganligi sabab bo‘lgan. Shuningdek, kanallarni texnika yordamida qazib tozalash uchun harakatlanish sharoiti mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
Shu munosabat bilan mazkur hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorga tushuntirish ishlari olib borilib, suv harakatini barqarorlashtirish maqsadida kanallarni qazib-tozalash va suv o‘tishini ta’minlash choralarini ko‘rishi lozimligi tushuntirildi.
Masala yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.