Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova hamda tuman Kengashining bosh mutaxassisi K. Abdullayeva bilan birgalikda fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida fuqarolarga sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq va kafolatlar, tibbiy xizmatlardan foydalanish tartibi, profilaktik tibbiy ko‘riklarning ahamiyati hamda aholi salomatligini mustahkamlash borasida davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Fuqarolarning huquqiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday targ‘ibot-tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.