Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasi soliq inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Shakarov tomonidan Gallakor hududidagi Kultusin va Nakurt mahallalarida pistachilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Sorisuv mahallasi profilaktika inspektorining xizmat faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Yangihayot mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova bilan birgalikda Go‘zal mahallasida ko‘p qavatli uylar oldidagi obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan hududdagi umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Toxirshayx mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning murojaatlari bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X. Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasidagi oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan 79-umumta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova tomonidan Birlashuv mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisi

⚡️ MAHALLA RAISLIGI SAYLOVLARI: QONUN IJROSI VA SAYLOVGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilda hududdagi ayrim mahallalarda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimlari boʻshab qolganligi munosabati bilan oʻtkaziladigan saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi №OʻRQ-499-sonli Qonuni ijrosini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📌 Uchrashuvda:
🔹 Sh.Dadaboyev — Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi;
🔹 B.Jaloliddinov — “Mahalla” uyushmasi shahar boʻlimi boshligʻi;
🔹 M.Murodov — Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati ishtirok etdi.
📝 Muloqot davomida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimi boʻshab qolgan mahallalarda saylovlarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, ochiq, oshkora va shaffof tarzda tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan:
✅ Qonun talablariga qatʼiy rioya etish;
✅ Nomzodlarni tanlashda adolat, xolislik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish;
✅ Ovoz berish jarayonlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish;
✅ Saylov oʻtkaziladigan joylarni zarur texnik vositalar bilan jihozlash;
✅ Ishchi guruhlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish;
✅ Saylov jarayonlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🤝 Taʼkidlanganidek, mahalla fuqarolarning eng yaqin va ishonchli oʻzini oʻzi boshqarish instituti hisoblanadi. Shu bois, boʻshab qolgan mahalla raislari oʻrniga munosib nomzodlarni saylash jarayonlarini qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Ochiq va adolatli saylov — kuchli mahalla, fuqarolar ishonchi va hududlar barqaror rivojlanishining muhim omilidir.

Slide 1 of 4