Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rganish davomida davolash bo‘limlari, kutish zallari va palatalardagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan "Ko‘paki" mahallasida ijtimoiy xodim hamda bank xodimi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A. Iskanov tomonidan Payariq tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida sessiya kun tartibiga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasidagi tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Topolos mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarkurg‘on mahallasidagi 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining o‘rinbosari ishtirokida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
MUNOSABAT: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — tumanimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligining bosh mezonidir!

MUNOSABAT: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — tumanimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligining bosh mezonidir!

Ma’lumki, 2024-yil 5-iyun kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan O‘RQ-931-sonli Qonun yurtimizda faol tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish va aholimizga soliq majburiyatlarini bajarishda katta qulayliklar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Ushbu Qonun mohiyati va uning Uzun tumani rivojidagi o‘rni haqida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov o‘z munosabatini bildirdi:

"Har bir qonun zamirida xalqimizning og‘irini yengil qilish, tadbirkorlarimizga erkin faoliyat yuritishlari uchun keng yo‘l ochib berish maqsadi yotadi. Yangi qabul qilingan O‘RQ-931-sonli Qonun ham aynan tadbirkorlik subyektlarining soliq yukini kamaytirish va ma’muriyatchilikni soddalashtirishga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir.

Ayniqsa, soliq hisobotlarini topshirish va ayrim majburiyatlarni bajarishdagi yengilliklar, asossiz jarimalarning bekor qilinishi yoki kamaytirilishi tumandagi kichik va o‘rta biznes vakillari uchun haqiqiy ko‘mak bo‘ldi.
Bu chora-tadbirlar 'yashirin iqtisodiyot' ulushini kamaytirish bilan birga, tadbirkorlarimizga o‘z faoliyatini qonuniy va xavf-xatarlarsiz kengaytirishga turtki beradi."

Qonun tumanimiz tadbirkorlariga nima beradi?

Soliq to‘lovchilar uchun qulaylik: Soliq majburiyatlarini bajarish tartiblari soddalashtirildi, bu esa ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt yo‘qotilishining oldini oladi.

Moliyaviy yukning kamayishi:
Tadbirkorlarga nisbatan qo‘llaniladigan ayrim sanksiyalar yumshatildi, bu esa ularning aylanma mablag‘larini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Yangi ish o‘rinlari: Biznes uchun yaratilgan bunday qulay muhit Uzun tumanida yangi tadbirkorlik subyektlarining ochilishiga va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga zamin hozirlaydi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati hamda mahalliy Kengash deputatlari ushbu Qonunning mazmun-mohiyatini joylarda, mahallalarda tadbirkorlarimizga yetkazish, ularning muammolarini tinglash va qonuniy yengilliklardan to‘g‘ri foydalanishlariga ko‘maklashishni o‘zlarining ustuvor vazifalari deb bilishadi.