Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Payariq tumani “Boshqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan 25-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Xosa mahallasida joylashgan 26-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari bilan birgalikda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan tuman hududidagi g‘alla maydonlarida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan yosh oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan tuman markazi hududidagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masala o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Javshar ota mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘.Omonov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev hamda deputatlar X.Xudoyberdiyeva va N.Parmanova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish jarayoni o‘rganildi.
📌 Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

👩‍💼 Jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasida olib borilayotgan faoliyat o‘rganildi.

🤝 Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.