Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tPayariq tumani Madaniyat bo‘limi boshlig‘i S. Qodirov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Javshar ota mahallasida mahalla raisi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq Javshar ota mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i S. O‘tashevga tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Maxammatov tomonidan Kengash qarori ijrosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan G‘iyb ota mahallasida aholi bilan kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari va mavjudligi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 18-O'rta Saydov saylov okrugi deputati L.Djamalova “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan 96-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov va kotibiyat mudiri J.Axunov tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Ota-onalarning ta’lim jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Ota-onalarning ta’lim jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Tursunqulov tomonidan saylovchilardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish holatini o‘rganish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini raqamlashtirish, o‘quv jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan qaror va farmonlari ijrosi doirasida umumta’lim maktablarida elektron jurnal va kundalik tizimlaridan foydalanish holati yuzasidan ma’lumotlar so‘ralgan.

Xususan, tumandagi maktablarning elektron tizimlarga ulanish darajasi, ota-onalarning ushbu platformalardan foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘quvchilarning baholari va davomatiga oid ma’lumotlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 2