Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq Alisher Navoiy mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan Alisher Navoiy mahallasida aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan jamoatchilik fikri asosida g‘olib bo‘lgan loyiha o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bolalarning yozgi dam olish kunlarini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxammatov Alisher Namazovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ernazarov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan deputat F.Shakarov bilan birgalikda Yangiobod mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarning qonunchilik hujjatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning huquqiy bilim va mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida jami 162 ta qonun hujjati deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z.Yusupova va S.Norboyeva hamda tuman Kengashi deputati N.Ochilovalar tomonidan Payariq tumani Go‘zal mahallasida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z.Yusupova va S.Norboyeva hamda tuman Kengashi deputati N.Ochilovalar tomonidan Payariq shahri markazidagi ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari va atrofi sanitariya holati hamda aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan deputat F.Shakarov bilan birgalikda Yangiobod mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
📌 “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Mahallalarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.