Olmazor mahallasida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida tumandagi “Olmazor” MFY amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining bajarilishi bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Qizil olma saylov okrugidan saylangan deputat Artikova Umida tomonidan o‘rganildi.
Loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar:
- Mahallada 1 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash,
- Mahalla hududidagi 17-sonli maktabni mukammal ta’mirlash. (180 o‘rinli o‘quv binosi, oshxona va sport zal binolarini mukammal ta’mirlash va yangi hojatxona qurish),
- Mahalladagi 14 km asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlash,
- Mahalla hududida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash. (jami 18 km tarmoqni mukammal ta’mirlash, 4 dona 250 kva transformator o‘rnatish).
Hozirda mahallada piyodalar yo‘lakchasini qurish ishlari yakunlanib, o‘rindiqlarni o‘rnatish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilib, maktab qurilishi, ichki yo'llarni asfaltlash, elektr tayanch ustunlar o'rnatish ishlari qizg‘in olib borilmoqda
Bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi deputatlartlar tomonidan doimiy ravishda o‘rganilib, deputatlik nazorati qilinmoqda.