Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rganish davomida davolash bo‘limlari, kutish zallari va palatalardagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A. Iskanov tomonidan Payariq tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan "Ko‘paki" mahallasida ijtimoiy xodim hamda bank xodimi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida sessiya kun tartibiga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasidagi tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Topolos mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarkurg‘on mahallasidagi 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining o‘rinbosari ishtirokida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan 1–5-iyun kunlari hududlarda qator o‘rganish va monitoring tadbirlari amalga oshiriladi.

🏛 1-iyun
👤 Deputat Masharipov Izzat Masharipovich
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyatiga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganadi.
📍 Mas’ul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati.
🏛 2-iyun
👤 Deputat Kariyev Mansur Omongaldiyevich
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganadi;
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli Qonuni ijrosini tahlil qiladi;
Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha manzilli loyihalarni o‘rganadi;
Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
📍 Mas’ul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati.
🏛 3-iyun
👤 Deputat Xasanova Durdona Otaxonovna
Mahalla yettiligi va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi;
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi O‘RQ-539-sonli Qonuni ijrosini nazorat qiladi;
Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid chora-tadbirlarni o‘rganadi;
Shovot tumani elektr ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
📍 Mas’ul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati.
🏛 4-iyun
👤 Deputat Shodonova Dilorom Qadamovna
Mahallalarda, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganadi;
O‘RQ-263-sonli va O‘RQ-371-sonli qonunlar ijrosini tahlil qiladi;
Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir manzilli chora-tadbirlarni ko‘rib chiqadi;
Shovot tumani 1-son politexnikumi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
📍 Mas’ul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati.
🏛 5-iyun
👤 Deputat Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich
Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi va yoshlar bandligi holatini o‘rganadi;
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi O‘RQ-139-sonli Qonuni ijrosini nazorat qiladi;
Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha manzilli loyihalarni o‘rganadi;
Shovot tumani Davlat xizmatlari markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
📍 Mas’ul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati.
✅ Mazkur tadbirlar hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, qonunlar ijrosini o‘rganish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.