Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rganish davomida davolash bo‘limlari, kutish zallari va palatalardagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A. Iskanov tomonidan Payariq tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan "Ko‘paki" mahallasida ijtimoiy xodim hamda bank xodimi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida sessiya kun tartibiga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasidagi tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Topolos mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarkurg‘on mahallasidagi 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining o‘rinbosari ishtirokida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
DAYJEST (1-5 may 2026 yil)

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy hafta uchun belgilangan tadbirlar to‘liq amalga oshirilib, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, ekologik masalalar va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

✅️ 1 iyun — Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Do‘stlik” MFYning 16-Bahor saylov okrugida ijtimoiy loyihalarning bugungi holati hamda ularning amalga oshirilish jarayonini o‘rgandi.
✅️ 2 iyun — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Ekologik partiya guruhi tomonidan “Atrof-muhitni asrash va ekologik holatni yaxshilash” mavzusida yig‘ilish o‘tkazilib, ekologik muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
✅️ 3 iyun — Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan “Qushchilik” MFY hududida ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda ko‘chalarning tunda yoritilishi holati o‘rganildi.
✅️ 4 iyun — O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna “Jayxun” MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni o‘rgandi.
✅️ 5 iyun — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich “Obod makon” MFYda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

✨ Hafta davomida amalga oshirilgan tadbirlar ijtimoiy loyihalar ijrosini nazorat qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.