Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya qarori bilan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulov ishtirokida Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva ishtirokida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan o‘rganish va muhokama ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Payariq tuman hokimning o‘rinbosari -obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i U.Quvatov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri J.Axunov tomonidan Payariq tumani hududida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar doirasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari M.Kazakova va L. DJamolova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexkonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Payariq tuman elektr ta’minoti korxonasi B. Ulug‘murodov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan Tomoyrot mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari M.Kazakova va L. DJamolova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida profilaktika uchastka noziri tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Ta’lim sifati va infratuzilmasi – deputat nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova tomonidan saylov okrugiga qarashli Termiz shahrining Farhod mahallasida joylashgan 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati, sinf xonalarini ta’mirlash va yangilash ishlari, maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab uchun ajratilgan sifatli bo‘yoqlar hamda zarur qurilish-ta’mirlash materiallaridan samarali foydalanish masalalari tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar o‘quvchilarning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash, maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga xizmat qiladi.

Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar ta’lim sohasiga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5