#Yoshlar_maslahat_guruhi
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S. Kasimova hamda yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupovlar tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida PQ-402-son qaror ijrosi doirasida mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish va Uyushma faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallalar ixtiyoriga yo‘naltirilayotgan soliq tushumlarining 10 foiz ulushi mablag‘laridan foydalanish holati o‘rganilib, tuman miqyosida mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 2 mlrd 50 mln so‘m mablag‘ sarflangani qayd etildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|