#Kengash_raisi_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev tomonidan Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat Markazi tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, markaz faoliyatining samaradorligi, olib borilayotgan targ‘ibot ishlari hamda istiqboldagi rejalar muhokama etildi.
Mutasaddilar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashildi. O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko‘lamini kengaytirish hamda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram