Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmonova Moxichexra Norboyevna ishtirok etib, bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda kotibiyati mudiri J.Axunovlar tomonidan “Yangiobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Sutello” chorvachilik fermasi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumandagi 7-umumta’lim maktabida tashkil etilgan bitiruvchilar tadbirida ishtirok etidi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho'rosh saylov okrugidagi Boshcho‘rosh mahallasi hududida amalga oshirilgan ichimlik suvi ta’minoti ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov 28-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bitiruv kechasi tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh MFY hududida aholi va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Boshcho‘rosh MFY hududida “Open budjet” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Mening bog‘cham” loyihasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 28-son umumta’lim maktabida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Zarbdor tajribasi” asosida tashkil etilgan loyiha yuzasidan o‘rganish olib borildi.
#Doimiy_Komissiya_faoliyati

🔴Yig‘ilish kun tartibida tuman Kengashining 2026-yil I-chorak ish rejasiga muvofiq, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

🔴Muloqot davomida ijtimoiy “daftarlar”ga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar qamrovi tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi.

🔴Komissiya a’zolari tomonidan ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qilish va ularni ro‘yxatdan chiqarishda qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslik, masalaning mohiyatiga chuqur kirishish lozimligi qat’iy ta’kidlandi.

🔴O‘rganishlar davomida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatining ayrim mahallalarda pastligi va fuqarolar murojaatlariga javob berishdagi sustkashliklar deputatlar tomonidan keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

🔴Yig‘ilish yakunida “Inson” markazi mas’ullariga aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha aniq muddatli topshiriqlar berildi.

🔴Xususan, aniqlangan kamchiliklarni joriy oyning yakuniga qadar to‘liq bartaraf etish hamda amaliy natijalar yuzasidan komissiyaga qayta axborot taqdim etish vazifasi yuklatildi.

🔴Doimiy komissiya tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar sifati va manzilli yordam ko‘rsatish jarayonlari ustidan qat’iy deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3