Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati A.Maxammatov bilan birgalikda tumanda amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilish holati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda loyihalarning amaliy samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
“Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihasi ovoz berish natijalari to‘g‘risida Kengash qarori tasdiqlandi
янв.21
Payariq tuman markazida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” maydoniga davlat ramzi — “Davlat bayrog‘i”ni qurish va o‘rnatish uchun mablag‘ ajratildi.
янв.21
Payariq tumanida Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida Kengash qarori tasdiqlandi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzakulov tomonidan Choshtepa mahallasida olib borilayotgan mahalla binosi qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmonova Moxichexra Norboyevna ishtirok etib, bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda kotibiyati mudiri J.Axunovlar tomonidan “Yangiobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Sutello” chorvachilik fermasi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumandagi 7-umumta’lim maktabida tashkil etilgan bitiruvchilar tadbirida ishtirok etidi.
#Doimiy_Komissiya_faoliyati

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi tomonidan tuman soliq hamda qishloq xo‘jaligi inspeksiyalarida joriy yilning I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Yig‘ilish davomida ushbu tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yetarli emasligi va ayrim yo‘nalishlarda natijadorlik past ekanligi qat’iy tanqid ostiga olindi.

Muhokama yakunida sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq va qat’iy ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Komissiya tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va har bir mas’ulning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3