Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Kazakova Muxabbat Kaxarovna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasini You tube kanalda tomosha qiling
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Rahbarlarning deputatlar savollariga javoblarini eshitishga qaratilgan “Kengash soati” instituti joriy etiladi.
янв.21
“Payariq” terma jamoasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, tumanda ommaviy futbolni keng rivojlantirish hamda Samarqand viloyati 2-liga futbol musobaqalarida munosib ishtirok etishini ta’minlash maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
alq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish hamda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev yangi barpo qilingan Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalla raisi B.Qo‘ziyev faoliyati o'rganildi.
янв.21
Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Ochilova 6-Farovon saylov okrugida obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi Aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalarda tozalik va obodlik
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#_Doimiy_komissiya_faoliyati

#_Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya" masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yani, tuman Ekopolitsiya bo'limi tomonidan 2026-yilning I-choragida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqqan holda nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

️ O‘rganish jarayonida ekopalitsiya tomonidan hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish, chiqindilarni saralash va ularni belgilangan tartibda olib chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalarni asrash hamda ko‘paytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishidagi amaliy choralar ham alohida ko‘rib chiqildi.

️ Monitoring davomida hududlarda olib borilayotgan reyd tadbirlari samaradorligi, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari holati, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi darajasi o‘rganildi. Shu bilan birga, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

️ Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doimiy komissiya tomonidan qat’iy nazoratga olinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, aniqlangan muammolarning tizimli bartaraf etilishi yuzasidan muntazam monitoring olib boriladi.

Slide 1 of 3