Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva tomonidan Qumchuq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Payariq tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.
янв.21
Tuman hokimligining qo‘shimcha binosini ta’mirlash maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida tumandagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati, shuningdek yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
янв.21
#Kengash_sessiyalariga_oid
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha ovoz berish natijalari muhokama qilindi.
Tumanning chekka hududlarida bolalarning bog‘cha qamrovi yaxshilanadi

Tumanning chekka hududlarida bolalarning bog‘cha qamrovi yaxshilanadi

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Haitov, Kengash kotibiyati xodimlari, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidag”gi PQ-141-sonli qarori asosida Shifobuloq mahallasida qurilayotgan DMTTning qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

✅ Mahallada ushbu qaror asosida 90 o‘rinli DMTT binosi qurilishi nazarda tutilgan. Ushbu qurilish jarayoni 8 oy davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda qurilish ishlarida ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifati deputatlarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Qurilish jarayoni tezlashtrish va o‘z muddatida sifatli topshirish maqsadida ushbu hududdan saylangan deputat tomonidan tuman hokimligi va mutasaddi rahbarlarga deputatlik so‘rovi orqali murojaat qilish belgilandi.

Slide 1 of 4