Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman hokimligi va qo‘riqlash xizmati o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun mablag‘ ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev yangi barpo qilingan Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalla raisi B.Qo‘ziyev faoliyati o'rganildi.
янв.21
Tumandagi Yoshlar ishlari bo‘limining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Ochilova 6-Farovon saylov okrugida obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi Aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalarda tozalik va obodlik
янв.21
“Payariq” terma jamoasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, tumanda ommaviy futbolni keng rivojlantirish hamda Samarqand viloyati 2-liga futbol musobaqalarida munosib ishtirok etishini ta’minlash maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
alq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish hamda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
янв.21
Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi.
янв.21
Deputat faoliyati va hududdagi islohotlar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
Shifobuloq mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Shifobuloq mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Haitov, Kengash kotibiyati xodimlari, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari tomonidan Shifobuloq mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🚨 O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligidagi “mahalla yettiligi” a’zolari — hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektori tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aholini ish bilan ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

🚨 Shuningdek, deputatlar tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy infratuzilma, kommunal xizmatlar sifati va mahalladagi dolzarb muammolar ham o‘rganildi.

🚨 O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3