Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_sessiyalariga_oid #Farmoyish
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovadan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan Taraqqiyot mahallasida aholi bandligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Do‘stlik mahallasi Darvozagaza qishlog‘ida joylashgan suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Eshonxo‘ja suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev Alisher Navoiy mahallasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
янв.21
Tumandagi oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari uchun zamonaviy kompyuter texnikalari xarid qilish maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Osiyo chempionati doirasida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan musobaqalarda munosib ishtirok etgan murabbiy va sportchilarni taqdirlash maqsadida mablag‘ ajratildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev 9-Botmon saylov okrugida joylashgan Ko‘lto‘sin mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib bordi.
Samarali tomorqa — barqaror daromad

Samarali tomorqa — barqaror daromad

🏡 Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Qorabog‘ saylov okrugi deputati R.Toshturdiyev tomonidan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-680-sonli Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi xodimlari ishtirokida targ‘ibot ishlari olib borildi.

📌 Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur qonunning mazmun-mohiyati, uning amaldagi ahamiyati hamda aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish va oilaviy daromadlarni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

🤝 Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar hamda sohadagi mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.