Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_sessiyalariga_oid #Farmoyish
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovadan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan Taraqqiyot mahallasida aholi bandligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Do‘stlik mahallasi Darvozagaza qishlog‘ida joylashgan suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Eshonxo‘ja suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev Alisher Navoiy mahallasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
янв.21
Tumandagi oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari uchun zamonaviy kompyuter texnikalari xarid qilish maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Osiyo chempionati doirasida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan musobaqalarda munosib ishtirok etgan murabbiy va sportchilarni taqdirlash maqsadida mablag‘ ajratildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev 9-Botmon saylov okrugida joylashgan Ko‘lto‘sin mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib bordi.
Hududlarda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi

📊Hududlarda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saylov okrugi deputati M.Turopova, Kengash huzuridagi ekspert guruhi raisi o‘rinbosari S.Xudoyqulova hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyevalar tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan Istiqbol MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida:
👨‍👩‍👧‍👦oilalar tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati;
💼 aholi bandligini ta’minlashdagi amaliy natijalar;
📑 imtiyoz va yengilliklardan foydalanish holati;
🏦 moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi.

📈 Shuningdek, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi.

📝 Yakunda mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.