Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_sessiyalariga_oid #Farmoyish
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovadan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan Taraqqiyot mahallasida aholi bandligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Do‘stlik mahallasi Darvozagaza qishlog‘ida joylashgan suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Eshonxo‘ja suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev Alisher Navoiy mahallasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
янв.21
Tumandagi oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari uchun zamonaviy kompyuter texnikalari xarid qilish maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Osiyo chempionati doirasida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan musobaqalarda munosib ishtirok etgan murabbiy va sportchilarni taqdirlash maqsadida mablag‘ ajratildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev 9-Botmon saylov okrugida joylashgan Ko‘lto‘sin mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib bordi.
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 15-may, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

#sessiya #poytaxtdeputatlari

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 15-may, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan;

🔺 Bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ta’lim sifatini, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 7-son bolalar musiqa va san’at maktabini qayta tashkil etish to‘g‘risida;

🔺 Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

🔺 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2025-yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar

bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube