Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
15-may kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Madaniyat mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan “G‘oyib ota” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Xalq banki” Payariq tumani filiali rahbariga J.Xudoyberdiyevga deputatlik so'rovi yuborildi.
Kengash_faoliyati

USTOZ YODI: BAXSHICHILIK MAKTABINING BUYUK TIMSOLI

Bugun milliy san’atimiz, xususan, dostonchilik an’analari o‘zining yangi yuksalish davrini yashamoqda. Bu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatgan ustozlarning xotirasini e’zozlash esa ham qarz, ham farzdir.

✅"Xurriyat" gazetasining shu yilgi 13-may (2026-yil) sonida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston xalq baxshisi Safar Shaydilovning dilidagilari chop etildi.

✅Ushbu maqola Safar baxshining munosib ustozi, o‘zbek baxshichilik san’atining yirik vakili Shoberdi baxshi Boltayev xotirasiga bag‘ishlangan.

📝 Maqolaning mazmun-mohiyati:

Ustozga ehtirom: Shoberdi baxshining nafaqat san’atkor, balki insoniy fazilatlari, shogirdlariga ko‘rsatgan otalik mehri;
An’analar davomiyligi: Surxondaryo dostonchilik maktabining o‘ziga xos sirlari va Shoberdi baxshining bu boradagi beqiyos xizmatlari;
Sodiq shogird e’tirofi: Safar baxshi Shaydilovning ustoz o‘gitlari bugungi deputatlik va ijodiy faoliyatida qanchalik muhim o‘rin tutishi haqidagi samimiy mulohazalari.

"Ustozning ovozi hamon quloqlarim ostida, har bir aytgan o‘giti hayot yo‘llarimda mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda..." — Safar baxshi Shaydilov.

✅ Baxshichilik — millatning ruhi, o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi oltin ko‘prikdir. Maqola bilan to‘liq holda "Xurriyat" gazetasining yangi sonida tanishishingiz mumkin.

Slide 1 of 1