Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Choshtepa hududidagi 23-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi. Mazkur tibbiyot muassasasi orqali Yangiobod, Choshtepa va O‘klan qishloqlari hamda hududdagi jami 3 ta qishloqda istiqomat qiluvchi 3046 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan Payariq tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i D.Ro‘ziyevga 40-ds-377-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 16-Mustaqillik saylov okrugi deputati Kazakova Muxabbat Kaxarovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 16-Mustaqillik saylov okrugi deputati Kazakova Muxabbat Kaxarovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 16-Mustaqillik saylov okrugi deputati Kazakova Muxabbat Kaxarovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
“Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” tashabbuskor loyihalariga ovoz berish natijalari to‘g‘risida Payariq tumani hokimining o‘rinbosari U.Quvatovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Xotira bor ekan — millat barhayot!

Xotira bor ekan — millat barhayot!
9-may — “Xotira va qadrlash kuni” yurtimizda xalqimizning eng ulug‘, ma’naviy ahamiyati yuksak bayramlaridan biri sifatida keng nishonlanadi. Bu sana — Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va bugungi erkin hayotimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish kunidir. Bugun Angor tumanida ham ushbu muborak sana munosabati bilan xotira va qadrlash tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tuman hokimi Qosim Mardonov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich, tuman Kengashi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirokida “Motamsaro ona” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning jasorati yodga olinib, ularning mardligi, matonati va Vatanga sadoqati yosh avlod uchun haqiqiy ibrat ekani alohida ta’kidlandi. Ajdodlarimizning qahramonligi, sabr-toqati va yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbati bugungi kunda ham yoshlar qalbida vatanparvarlik, fidoyilik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xotira — muqaddas. Qadrlash esa insoniylikning eng oliy fazilatidir.

Slide 1 of 1