Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
15-may kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Madaniyat mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan “G‘oyib ota” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Xalq banki” Payariq tumani filiali rahbariga J.Xudoyberdiyevga deputatlik so'rovi yuborildi.
Kitoblar bilan yoritilgan yo‘l — faqat yuksalishga olib boradi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati O.Sharafutdinova homiyligida Termiz shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi boyitildi.

💬Maktab kutubxonasiga o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi 120 ta sara badiiy kitoblar va qimmatli ensiklopediyalar to‘plami topshirildi. 

✔️Ushbu tashabbus yoshlar uchun nafaqat sifatli ta’lim muhitini yaratish, balki ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan. Zero, kitob o‘qigan avlod yurtning ertangi yuksalishiga poydevor bo‘ladi.

💬 "Yoshlarimizning kitobga bo‘lgan mehri bizni har doim qo‘llab-quvvatlashga undaydi. Kutubxonaga topshirilgan bu kitoblar o‘quvchilarning bilim cho‘qqilarini zabt etishida mayoq bo‘lishiga ishonaman," — ta’kidladi deputat O.Sharafutdinova.

Slide 1 of 5