O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolarining ish faoliyati, o‘zaro hamkorligi hamda aholi farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilindi. Ularning mahalla hayotini samarali tashkil etish, ijtimoiy muhitni barqaror saqlash va hududdagi dolzarb masalalarga yondashuvi alohida ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, mahalladagi ichki muhitni mustahkamlash, hamjihatlikni ta’minlash hamda ijtimoiy masalalarni hal etishda “Mahalla yettiligi”ning o‘rni muhim ekani qayd etildi.
O‘rganish yakunida mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, hamkorlikni kuchaytirish hamda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.