Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minot” MCHJning Payariq tuman filiali faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzakulov tomonidan Choshtepa mahallasida aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari, shuningdek 82-sonli umumta’lim maktabining sport zali hamda undagi sport anjomlari va jihozlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Kasimova tomonidan fuqaro murojaati asosida Tohirshayx mahallasi Nayman qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila xonadoniga borib, holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilovlar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Qo'qon shahar Kengashi kotibiyatida shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Qo'qon shahar Kengashi kotibiyatida shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Domiy komissiya yig'ilishi kun tartibida Qo'qon shahrida ta'limni rivojlantirish sohasidagi bajarilayotgan hamda muammo va takliflar haqida Qo'qon shahar maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi mudiri o'rinbosari A.Payg'amov xisoboti eshitildi.

Xisobotda 2025-2026 o'quv yilida jami 5 ta maktablar investitsiya dasturiga tushib, 2820 ta o‘quvchi o‘rni hamda 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida investitsiya dasturiga tushib, jami 250 o‘rinli tashkilot foydalanishga topshirilgan. Mahalliy budjet hisobidan 10 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 9 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’mirlanib foydalanishga topshirilgan. 6 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari Respublika budjeti hisobidan zomanaviy kompyuter sinfi bilan yangilandi. 2025-2026 o‘quv yilida jami 9-sinfni 5520 nafar, shundan 5443 nafar oddiy, 77 nafar a’lo darajali shaxodatnomalar bilan tamomlamoqda. 11-sinflarning 3342 nafardan 3291 nafari oddiy hamda 4 nafar kumush, 46 nafar oltin medallar bilan tamomlashi to'g'risida ma'lumot berdi.

Mazkur masala komissiya a’zolari va mas’ullar tomonidan atroflicha muxokama etilib, Xalq deputatlari shahar Kengashining Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining qarori qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6