Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U.Bobojonov Qiziltepa tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida muassasa xodimlarining taklif va mulohazalari o‘rganildi hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.