Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payariq tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Tumanda yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish, yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni yaqindan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
O‘rganish davomida aniqlanishicha, Dehqonobod hududidagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi tadbirkor tomonidan auksion savdolari orqali xarid qilinib, zamonaviy o‘quv markaziga aylantirilgan. Mazkur o‘quv markazida hozirgi kunda 100 nafardan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlanmoqda.
янв.21
2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Maxkamov tomonidan hududdagi tadbirkorlik obyektlari ko'zdan kechirilib ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Xalq banki” Payariq tumani filiali rahbariga J.Xudoyberdiyevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Juvozxona mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
16-Mustaqillik saylov okrugi deputati M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi faoliyatini o‘rganib chiqdi.
Сенат қарори ижроси амалда: ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда

Хусусан, Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мудири Т. Гаппаров, вилоят Кенгаши депутати Н. Имамова, шунингдек, Уйчи туман Кенгаши раиси Г. Ҳакимова ҳамда котибият мудири Н. Дедахановалар томонидан Уйчи туманида инвестиция дастури доирасида амалга оширилаётган лойиҳалар жойига чиқиб ўрганилди.

Жумладан, 21-мактабда олиб борилаётган қурилиш ва таъмирлаш ишларининг бориши, яратилган шарт-шароитлар, қурилиш сифати ҳамда белгиланган муддатларга риоя этилиши ҳолати атрофлича таҳлил қилинди. Шу билан бирга, таълим муассасасида ўқувчилар учун қулай ва замонавий инфратузилмани шакллантириш бўйича амалга оширилаётган ишларга алоҳида эътибор қаратилди.

Ўрганиш давомида аниқланган камчиликларни бартараф этиш, қурилиш ишлари сифатини янада ошириш ҳамда белгиланган муддатларда якунлаш юзасидан масъулларга тегишли кўрсатма ва тавсиялар берилди.

Slide 1 of 7