Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidagi Xosa mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilarning muammolari eshitildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 12-15-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar ishtirokida tumandagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan “Mening bog‘im” loyihasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan “Mumtoz Education” o'quv markazi faoliyati ko'zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat N.Ochilova tomonidan tuman markazida joylashgan ijtimoiy uyda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash sharoitlari hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati N.Ochilova bilan birgalikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda deputat N. Parmanova tomonidan Madaniyat mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida fuqarolarning mulk huquqi e'tirof etildi va tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish-rejasi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish-rejasi

📈Uzun tumani Kengashi faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda deputatlarning saylov okruglaridagi ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida 2026-yil 27-aprel, 1-may kunlari uchun mo‘ljallangan ish-rejasi tasdiqlandi.

📉Hafta davomida quyidagi muhim yo‘nalishlarda ishlar olib boriladi:

✅ Infratuzilma nazorati: „Madaniy turmush", „Xursand", „Dehqon", “Surxon” va “Fayzavo” MFYlarida oqava suv tarmoqlari, elektr ta'minoti, ichimlik suvi inshootlari va yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati deputatlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi. 

Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssislar Sh.Ergasheva.

✅ Hisobdorlik: Doimiy komissiya yig‘ilishlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda Surxandaryo hududgaz ta’minoti AJ Uzun tuman hududgaz ta’minoti filiali boshliqliqlarining amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitiladi.                                                                                                                                                                                                                             

Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssis Sh.Ergasheva.

✅ Saylovchilar bilan muloqot: Tasdiqlangan reja asosida saylov okruglarida deputatlarning o‘rganishlari va fuqarolar uchun sayyor qabullari tashkil etiladi.                                                                                                                                                                                                                           

Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssis Sh.Ergasheva.

✅ Deputatlik nazorati: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Senat qarorlari ijrosini ta’minlash, deputatlik so‘rovlari yuborish va murojaatlarni qonuniy ko‘rib chiqish diqqat markazida bo‘ladi.                                                                                                                                                    

Mas'ullar: Bosh mutaxasssis Sh.Ergasheva.