Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minot” MCHJning Payariq tuman filiali faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzakulov tomonidan Choshtepa mahallasida aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari, shuningdek 82-sonli umumta’lim maktabining sport zali hamda undagi sport anjomlari va jihozlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Kasimova tomonidan fuqaro murojaati asosida Tohirshayx mahallasi Nayman qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila xonadoniga borib, holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilovlar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
DEPUTATLAR NAZORATI: KICHIK JONCHEKKA MAHALLASIDAGI O‘RGANISHLAR TAHLILI

 DEPUTATLAR NAZORATI: KICHIK JONCHEKKA MAHALLASIDAGI O‘RGANISHLAR TAHLILI

🌟Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi tomonidan hududlarda aholi turmush tarzini yaxshilash va ijro intizomini nazorat qilish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish tadbiri Kichik jonchekka mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi. Unda Kengash kotibiyat mudiri O‘.Rajabov, deputatlar D.Yodgorova hamda A.Kamolovlar ishtirok etishdi.

🔍 O‘rganish markazida: Mahalla yettiligi faoliyati

O‘rganish jarayoni tanqidiy-tahliliy ruhda kechib, asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi.

🌟Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi va hududni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

🌟Ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning muammolarini hal etish va mavjud imtiyozli kreditlardan unumli foydalanish holati tahlil qilindi.

🌟Xotin-qizlar faoli va mahalla raisining ish yuritish hujjatlari, hisobotlarning yuritilishi hamda belgilangan rejalarning amaldagi ijrosi ko‘zdan kechirildi.