Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida yangi bino qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov va deputat Sh.Mirzaqulovlar bilan birgalikda o'rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 22-To‘polos saylov okrugi deputati Raxmonova Xusniya Usmonovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hisobot sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Maxammatov tomonidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovga savol bilan murojaat qilindi.
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash yo'nalishi bo'yicha "Yoshlar markazi" binosida maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish, yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni yaqindan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovning hisoboti sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga savol yo‘lladi.
#doimiy komissiya faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Sherov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar tomonidan doimiy komissiya ishini hamkorlikda samarali tashkil etish yuzasidan hujjatlar tahlil qilindi.

✔️Doimiy komissiya hujjatlari bilan tizimli ishlash, uning faolligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tasdiqlangan ish reja asosida nazorat tadbirlarini izchil amalga oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✔️Doimiy komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida hisobot berib borishga kelishib olindi. Bu esa ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shu bilan birga komissiya faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

✔️Shu bilan birga doimiy komissiyasi raisi O.Sherov “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i L.Ro‘ziyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 3