Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minot” MCHJning Payariq tuman filiali faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzakulov tomonidan Choshtepa mahallasida aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari, shuningdek 82-sonli umumta’lim maktabining sport zali hamda undagi sport anjomlari va jihozlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Kasimova tomonidan fuqaro murojaati asosida Tohirshayx mahallasi Nayman qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila xonadoniga borib, holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilovlar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Tibbiyotda shaffoflik va adolat: Prezident farmoni ijrosi deputat nazoratida

Tibbiyotda shaffoflik va adolat: Prezident farmoni ijrosi deputat nazoratida

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash, joylarda qonunchilik hujjatlarining bajarilishini o‘rganish hamda tizimli muammolarni aniqlash maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gapparov Husniddin Shaxriddinovich tomonidan Navoiy shahar markaziy shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida, avvalo, tibbiyot muassasasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shifoxonada bemorlarni qabul qilish tizimi, navbatlarni boshqarish, dori-darmonlar ta’minoti, pullik va bepul xizmatlar o‘rtasidagi aniq chegaralarning mavjudligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning xizmat faoliyatida uchrayotgan muammolar, korrupsiyaga olib keluvchi omillar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari o‘rganildi. Fuqarolar bilan muloqot jarayonida esa ularning tibbiy xizmatlardan foydalanishdagi fikr-mulohazalari tinglandi.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, shifoxonada so‘nggi yillarda bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda hali ham tizimli kamchiliklar mavjud. Xususan, ayrim hollarda xizmat ko‘rsatish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlar, axborot yetishmovchiligi hamda nazorat mexanizmlarining yetarli darajada ishlamayotgani kuzatildi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Jumladan, shifoxonada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, bemorlar uchun qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, deputat nazorati doirasida mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborilishi ham rejalashtirilmoqda.

Zero, Prezidentimiz Farmonida belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosi jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik nazorati esa ushbu jarayonlarning ochiq, shaffof va samarali kechishini ta’minlovchi muhim omillardan biridir.

Slide 1 of 6