Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida yangi bino qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov va deputat Sh.Mirzaqulovlar bilan birgalikda o'rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 22-To‘polos saylov okrugi deputati Raxmonova Xusniya Usmonovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hisobot sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Maxammatov tomonidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovga savol bilan murojaat qilindi.
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash yo'nalishi bo'yicha "Yoshlar markazi" binosida maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish, yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni yaqindan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovning hisoboti sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga savol yo‘lladi.
Qiziltepa tumani Kengashida “Adolat” SDP vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qiziltepa tumani Kengashida “Adolat” SDP vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov “Adolat” SDP viloyat Kengashi raisi M.Hamidov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi M.Eshmurodova ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida kotibiyat rahbari bilan sessiyaga kiritilayotgan partiya deputatlik guruhlari tashabbuslari, deputatlik so‘rovlari, shuningdek, doimiy komissiyalar faoliyatida partiya guruhlarining ishtiroki masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 Shu bilan birga, tuman Kengashi tomonidan hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Deputatlar faoliyati, doimiy komissiyalar ishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi ham ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 3