Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumanida Meliorativ obyektlarda 2027-yilda Davlat dasturi bo‘yicha taklif etilayotgan “Choshtepa” kollektorini ta’mirlash-tiklash loyihalari obyektlarining manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Ernazarqo‘rg‘on mahallasidagi oqava suv muammosi yuzasidan tuman Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan savol berildi.
янв.21
Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati bo‘yicha tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Turniyazovning hisoboti ko'rib chiqildi
янв.21
Tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
янв.21
Tumandagi nomsiz geografik obektlarga nom berish to‘g‘risida tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-davlat tili bo‘yicha maslahatchisi R.Najmiddinovning axboroti muhokama qilindi.
янв.21
Tumandagi nomsiz geografik obektlarga nom berish yuzasidan tuman Kengashi deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan savol berildi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.b O‘.Bayzaqovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.b O‘.Bayzaqovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Deputat so‘rovi natijasi: “Do‘stlik” mahallasida yo‘llar ta’mirlandi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi raisi, 1-Bo'ston saylov okrugi deputati Anvar Aralovning deputatlik so‘rovi hamda “Do‘stlik” mahallasi fuqarolarining murojaatlari asosida hududdagi ichki yo‘llar tartibga keltirildi.

O‘rganishlar natijasida mahalla hududidagi Forishlik, Maxmud Qoshg‘ariy, Tutzor va Ipak yo‘li ko‘chalarining asfalt qoplamasi ta’mirtalab holatga kelib qolgani, bu esa yog‘ingarchilik vaqtida aholi va transport harakati uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlangan edi.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori ijrosi doirasida Forishlik, Maxmud Qoshg‘ariy, Tutzor, Ipak yo‘li ko‘chalarida manzilli ro‘yxat asosida joriy ta’mirlash (yamov) va asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.

Fuqarolarning murojaatlari va deputat nazorati ostida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7