Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Kasimova tomonidan fuqaro murojaati asosida Tohirshayx mahallasi Nayman qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila xonadoniga borib, holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilovlar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev tomonidan tumanda hunarmandchilikni rivojlantirishga oid hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida yangi bino qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.
Balxiyon maktabida bunyodkorlik ishlari nazoratda!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bozorova tomonidan “Balxiyon” MFYda joylashgan 52-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, jumladan, qo‘shimcha 300 o‘rinli yangi o‘quv bino qurish ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish jarayonining sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

️ Deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ishlarini tezlashtirish, sifatini yanada oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

 Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida hududdagi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha o‘rinlar yaratiladi, ta’lim sifati oshadi va maktab infratuzilmasi yanada yaxshilanadi.

Hurmatli fuqarolar, amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari siz farzandlaringiz kelajagi uchun muhim qadamdir!

Slide 1 of 2