Paxtachi tumani Kengashi 25-Qarnabota saylov okrugidan saylangan deputat Begmatov Uchqun Ravshanovich Chashma mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rgandi.
Tashrif davomida xotin-qizlar faoli faoliyati yaqindan ko‘zdan kechirilib, ayniqsa ayollar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ayollar bilan manzilli ishlash, oilaviy muammolarni o‘rganish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirilib, xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.