Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov Kengashning ish rejasiga asosan tumandagi "Hamza" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kommunal holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
🔍 O‘rganish jarayonida issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr energiyasi hamda gaz bilan bog‘liq mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
👷♂️ Ushbu jarayonda Tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi I. Bektoshev, “Hududgaz Toshkent” MChJ Chinoz tuman gaz filiali mutaxassislari hamda Chinoz tumani elektr ta’minoti korxonasi bosh mutaxassisi U. Rasulov ishtirok etdi.
⚙️ Mutaxassislar tomonidan hududdagi gaz taqsimlash uskunalari, elektr ta’minoti tarmoqlari va suv tizimlarining holati joyida ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar aniqlandi.
🛠 Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.