Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
➡️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Musurmonov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
19-Ravot saylov okrugidagi Sarbozor mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq hayoti gazetasining telegram kanalida deputat N.Parmanova tomonidan Bolalarimiz tarbiyasi – kelajagimiz mevasi mavzusida maqola e'lon qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan fuqarodan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘. Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida joylashgan 19-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich tomonidan G‘allakor mahallasidagi yo‘llar holati o‘rganildi.
янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Nurmanova bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovdan tomonidan 2026-yil 6-apreldagi 22-ds-377-26 (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12646)-sonli deputat so‘roviga asosan “Kattasaydov” mahallasi hududidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan Yangiobod mahallasida amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘laklari qurilishi va ularning sifati o‘rganildi.
Hududdagi ijtimoiy infratuzilma rivoji o‘rganildi

 🔹Deputat o‘rganuvi natijalari: mahallada joylashgan 60-oilaviy poliklinika shifokor-xodimlari aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. 11 nafar ro‘yxatda turuvchi bemorlarga kerakli dori –darmonlar bepul tarqatilayapti. 

🔹Mahalla hududidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zali va maydoni o‘rganilganda: sport zali sport anjomlari bilan jihozlangan va ularning holati talablarga javob beradi. Maktabda 5 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qitiuvchisi faoliyat olib bormoqda. Olti yo‘nalishda: futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, shaxmat-shashka, stol tennisi to‘garaklariga o‘smir-yoshlar qamrab olingan. 

🔹Mahalla hududidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan kutubxona faoliyati o‘rganildi. Kutubxona fondida 1175 ta badiiy kitoblar bo‘lib, kitobxonlar soni 817 nafarni tashkil etadi. 

🔹Hokim yordamchisi Lazizjon Tojiboev tomonidan oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 17 nafar aholi vakiliga 2026-yilning birinchi choragida imtiyozli kreditlar ajratilishiga amaliy yordam berilgan bo‘lsa, ularning 6 nafari kambag‘al oilalar ro‘yxatida turuvchilardir. To‘rtta kambag‘al oilaga ssuda berilgan. Subsidiya mablag‘lari evaziga ikkita kambag‘allik reestrida turuvchi oilaga mevali ko‘chatlar olib berilgan. Ikkita kambag‘al oila a’zolari kasb-hunarga bepul o‘qitilgan. Ikkita kambag‘al oila farzandlari bepul xorijiy tillar to‘garaklariga jalb qilingan. Amaliy ishlar natijasida beshta kambag‘al oila o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Chorvachilik yo‘nalishida bir fuqaroga yuridik firma tashkil etish uchun kredit hujjatlari rasmiylashtirilgan. 

🔹Mahalladagi ijtimoiy xodim Dilnavoz Jamolova tomonidan kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan 10 ta oilaga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari
yetkazib berilgan. 8 ta oila a’zolari kiym-kechak bilan ta’minlangan. 53 ta ehtiyojmand oilaga “Vaqf” fondidan moddiy yordamlar berilgani, homiylar tomonidan 106 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgani o‘rganishlar davomida aniqlandi.
 

🔹Mahalla xotin-qizlar faoli Xamidaxon Yo‘lchiyeva tomonidan ajrim yoqasidagi uchta oila yarashtirilgan. 

🔹Mahalla fuqarolar yig‘ini - yashil hudud bo‘lib, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktika ishlari o‘rganilganda 2025-yil va
2026 yil uch oy davomida umuman jinoyat sodir etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
 

🔹Hududning drayver tarmog‘i hisoblangan chorvachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatidan topilgan daromadlar
aholi va oilalar farovonligini ta’minlamoqda.
 

🔹Mahalla aholisining chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi yuzasidan murojaatlari o‘rganildi. 

🔹Murojaatlar: hududdagi hozirda qamrovi 620 o‘rinli bo‘lgan 37- umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi 1989-yilda qurilgani, 2025-2026-o‘quv yilida 1040 nafar o‘quvchi ikki almashinuvda ta’lim olayotgani, maktabda qo‘shimcha to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun sharoit yetarli emasligi, o‘quv muassasasi qo‘shimcha binoga qurilishiga muhtojligi aniqlandi. 

🔹Puchug‘oy qishlog‘ida yashovchi fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli rahbarlar va mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1